“Bolam orqamda qolsin”: xasta o‘g‘lining dardida kuygan ona iltijosi

Jamiyat 14:32 / 25.02.2022 10334

Inson uchun bolasining baxtli va salomat yashashidan ortiq xursandchilik bera oladigan nima bor? Toshkentlik Arofat aya shunday baxti kulgan ayollardan biri edi. Ammo hozir bunday emas. Ayaning 36 yoshli navqiron o‘g‘li Saidkamol Tolipov og‘ir dardga chalinishi oilaning kulfatiga aylandi. Ikkala buyragi qurigan bemor o‘g‘lini olib yaqinlarining ko‘magida Hindistonga ketgan ona o‘zi donor bo‘lishni niyat qilgan edi. Ammo musofir yurtda ular boshqa kutilmagan holatga duch kelishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bemorning onasi Arofat Tolipovada qandli diabet kasalligi borligi sabab uni donorlik uchun qabul qilishmagan. Xorijdagi tibbiyot muassasasida gemodializ muolajalarini olayotgan Saidkamolga endi turmush o‘rtog‘i donor bo‘lmoqchi.

“O‘zimdayam qandli diabet bor edi, lekin boshlang‘ich jarayoni bo‘lgani uchun donorlikka ma’qul topishgandi. Afsuski, bu yerga kelganimizda qonimda qand miqdori juda baland chiqdi.

Tahlillar uchun ham ancha mablag‘ sarfladik. Endi kelinim donor bo‘lish uchun Hindistonga kelyapti. Shu shaharga umid bilan kelgandik, ammo operatsiyaga mablag‘imiz yetarli emas.

O‘g‘limning ikki farzandi bor. Ular uchun yashashi kerak, ishqilib orqamda qolsin” deya iltijo qiladi ona.

Yigitning boshiga tushgan ko‘rgiliklar qanchalik og‘irligini his qilish uchun uning bir paytlar zabardast va baxtiyor qiyofasi aks etgan suratlarga boqish kifoya qiladi. U yana shunday hayotga qaytishi uchun yordam qo‘llarini cho‘zganlarga dard begona bo‘lsin!

Saidkamol Tolipovga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 4929 8028 9348 otasi Saidmurod Talipovga tegishli

Ko‘proq yangiliklar: