AhadMix Group 11 yildan buyon tadbirlar va marosimlarni yuqori saviyada bezatish va o‘tkazib berish, LED ekranlarni ijaraga berish va sotish bilan shug‘ullanib keladi. Hamkorlarning didini nozik anglaydigan kompaniya bu borada poytaxtdagi yetakchi brendga aylangan.
AhadMix Group O‘zbekistondagi eng taniqli brendlar, tadbirkorlar va xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. O‘tkazishni o‘z zimmasiga olgan barcha turdagi tadbirlarning yorqinligi hamda unutilmas bo‘lishini ta’minlaydi.
Kompaniya hamkorlari bu yerdagi tajribali va ijodkor xodimlarning sidqidildan qilgan mehnatidan doim mamnun. Kompaniya xizmatining e’tiborli jihati shundaki, har bir tadbir ssenariysi avvalo sahna ortida sinovdan o‘tkaziladi. Insonlar hayotidagi muhim tadbirlar jarayonida noqulayliklar yuz bermasligi uchun barcha uskunalar tekshirilib, jarayon nazoratga olinadi.
Ahadmix Group jamoasi o‘z zimmasiga olgan tadbirlarning dunyo standartlari darajasida o‘tishi uchun harakat qiladi. Buning uchun jahon tajribasini muntazam o‘rganib borish talab etiladi. Loyihadagi har bir xodim o‘z vazifasini a’lo uddalash uchun intiladi. Bundan esa o‘tkaziladigan tadbirlarning yanada yorqin va esda qolarli tantanaga aylanishi shubhasiz.
Kompaniya rahbari Ahad Abdullayev jamoani jisplashtirish yo‘lida o‘z xodimlarining har biriga individual yondashib, qo‘llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi. Balki shu sababdandir, xodimlar o‘zlarining muhimligini his qilib kompaniya ravnaqiga hissa qo‘shish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishmoqda.
2022 yilning 19 fevral kuni Ahadmix Group jamoasi yoritish uskunalari yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi hamkor - Yastreb Light-Sound System ahli bilan birgalikda biznes-nonushta uyushtirishdi. Samimiy va yuqori kayfiyatda o‘tgan nonushtada kompaniyaning har bir xodimi uchun esda qolarli bo‘ldi. Chunki bu yerda ularning xizmatlari alohida e’tirof etildi va shaxsiy sertifikatlar topshirildi.
“Jamoamiz – bizning kuchimiz. Biz jamoamiz bilan bir yoqadan bosh chiqarib, bir oqimga qarab suzmoqdamiz. Bunda hamma o‘z ishini yuksak mahorat bilan bajaradi va biz doim yelkama-yelka eng yaxshi natijalarga erishamiz” deydi Ahad Abdullayev.
AhadMix Group – hamkorlik va yangiliklar uchun doim ochiq, kompaniya vakillari esa o‘z ustida ishlashdan to‘xtamasliklarini aytib, bu borada barcha tavsiyalarni qabul qilishadi.
Batafsil ma’lumot uchun: (+998) 94−657−33−33
Sayt: ahadmix.uz
Facebook: fb.com/ahadmixgroup
Instagram: instagram.com/ahadmix_group
Reklama huquqi asosida