Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22 fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 46,85 so‘mga ko‘tarilib, 10 888,07 so‘mni tashkil qildi. Yevro 45,65 so‘mga ko‘tarilib, 12 373,20 so‘m bo‘ldi.
O‘tgan hafta oxirida dollar kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 10 841,22 so‘mni tashkil qilgandi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda yil boshidan buyon dollar kursi bir kunda bu qadar qimmatlashishi qayd etilmagandi.