YeChL. Mbappening 90+4-daqiqadagi goli «PSJ»ga «Real» ustidan g‘alaba keltirdi, «Manchester Siti» Portugaliyada 5ta gol urdi

Sport 03:02 / 16.02.2022 18154

Yevropa Chempionlar Ligasida pley-off bosqichi start oldi. 

1/8 finalning markaziy o‘yinida «Real» safarda «PSJ» bilan bahs yuritdi. Mezbonlarning to‘liq ustunligida o‘tgan bellashuvda (zarbalar: 22-3) 90+4-daqiqada Mbappe g‘alaba golini urdi. O‘yinning 61-daqiqasida Messining penaltidan tepgan to‘pini madridliklar posboni Kurtua bartaraf etdi.

«Manchester Siti» esa Portugaliyada «Sporting» darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritib, chorakfinal masalasini deyarli hal qildi. Silva dublga erishgan bo‘lsa, Mahrez, Foden va Sterling ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi.

Javob bahslari 9 mart kuni bo‘lib o‘tadi. 

YeChL. 1/8 final. 15 fevral

PSJ — Real 1:0
Gol: Mbappe (90+4).
Aniq amalga oshirilmagan penalti:
Messi (61)
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Kimpembe, Mendesh, Danilu Pereyra (Guyye, 87), Verratti, Paredes, Di Mariya (Neymar, 73), Messi, Mbappe. 
Real – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 72), Alaba, Militao, Mendi, Modrich (Valverde, 82), Kroos, Kazemiro, Benzema (Beyl, 87), Asensio (Rodrigo, 72), Vinisius (Azar, 82).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (37), Verratti (40), Militao (51), Mendi (57), Danilu (62), Kimpembe (83), Rodrigo (83), Paredes (90).

Sporting — Manchester Siti 0:5
Gollar:
Mahrez (7), Silva (17, 44), Foden (32), Sterling (58).
Sporting – Adan, Porro (Netu, 82), Koates, Mateus Reys, Inasiu, Eshgayyu, Sarabiya (Tabata, 75), Palinya, Pedru Gonsalvesh (Ugarte, 51), Mateush Nunesh, Paulinyu (Slimani, 75). 
Manchester Siti – Ederson, Stounz (Zinchenko, 61), Laport (Ake, 83), Diash, Joau Kanselu, de Bryuyne, Silva (Delap, 85), Rodri (Fernandino, 73), Foden (Gundo‘g‘an, 61), Sterling, Marez.
Ogohlantirishlar: Mateush Nunesh (66), Gundo‘g‘an (74), Eshgayyu (78), Ugarte (83).

Ko‘proq yangiliklar: