16 yildan keyingi oliy darajadagi muzokaralar. Malayziya bosh vazirining tashrifi nimasi bilan muhim?

O‘zbekiston 13:50 / 19.05.2024 6390

Oradan 16 yil o‘tib, O‘zbekiston va Malayziya oliy darajadagi muzokaralarni o‘tkazdi.

Malayziya – Janubi-Sharqiy Osiyoning nufuzli davlati. 30 milliondan ortiq aholiga ega bu mamlakat industrial-agrar davlatdir. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha tovar ayirboshlash hajmi ikki baravarga oshgan. 

Ikki davlat siyosiy yaqinlikni kuchaytirmoqchi. Asosan savdo va turizm, bundan tashqari sanoatda aloqalarni yanada jadallashtirish kerak. 

Malayziya musulmonlarida O‘zbekiston tarixi, madaniyati bilan yaqindan tanishish , xususan Samarqand va Buxoroni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga xohish juda katta. Lekin ba’zi muammolar, masalan, ikki o‘rtada aviaqatnovlarning hali ham kam hamda qimmatligi bor salohiyatdan unumli foydalanishga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. 

Siyosatshunos ekspert Ravshan G‘oziyev va Sayyohlik agentliklari nodavlat tashkiloti rahbari Farhod Hoshimovlar bilan kechgan suhbat ana shular haqida bo‘ldi. 

  • Intervyuning to‘liq shaklini yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Shohruh Majidov suhbatlashdi.

Ko‘proq yangiliklar: