“Musofirlikda bolam bilan sarsonmiz” - xasta farzand hasratidagi ota

Jamiyat 13:27 / 16.02.2022 12559

Musofir yurtda xasta farzandi bilan sarson qolayotgan farg‘onalik oilaning tashvishi ancha og‘ir va iztirobli. Yosh ota-onaning farzandi 3 yashar Xudoyorxon Faxriddinovda qorin sohasining shishib ketishi kuzatilgan. Shifokorlar tomonidan bolajonga jigar ko‘chirish operatsiyasi tavsiya qilingan. Bemorning ota-onasi yaqinlarining va yurtdoshlarining ko‘magi bilan muolajalarni olish uchun Hindistonga jo‘nab ketishgan. Xorijdagi klinikada bemorga ilik ko‘chirish operatsiyasi zarurligi aniqlanadi.

Qo‘lida bu murakkab operatsiya uchun kerakli mablag‘i bo‘lmagan oila mushkul vaziyatga tushib qolgan.

“Ilojsizlikdan vatandoshlarimga murojaat qilyapman. Avvalo hech kimning farzandi bunday ahvolga tushmasin. Bolam sog‘ayib ketishi uchun musofir yurtda shunday vaziyatda turibman. Farzandimni shu yerlardan sog‘-omon olib ketish uchun sizning ko‘magingizga muhtojmiz”, deydi bolasi bilan o‘zga yurtda imkonsiz qolayotgan ota.

Jahongir Faxriddinov farzandi uchun o‘zi donor bo‘lishini aytdi. O‘tkaziladigan murakkab jarrohlik amaliyoti shoshilinch bo‘lgani sababli ular uchun yagona najot yo‘li – yaxshi insonlarning ko‘magidir.

Farzandi qo‘liga sanchilgan zirapcha yuragiga sanchiladigan ota-onalar oilaning dardini o‘z og‘riqlariday his qilishlari tabiiy. Bunday mushkulotlar barchamizga sinov uchun yuborilgan bo‘lsa ajab emas.

Xudoyorxon Faxriddinovga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0609 8570 0880 otasi Jahongir Faxriddinov nomida

Sberbank: 4279 3806 7070 8371 otasi Jahongir Faxriddinov nomida

Viza: 4790 9122 1514 5865 otasi Jahongir Faxriddinov nomida

Janubiy Koreyadagi karta raqami: 92391011232607 (NANA bank) A’zamov Nodirbek nomida

Ko‘proq yangiliklar: