O‘zbekistondan Rossiyaga rangdor gulmohi eksport qilindi

Iqtisodiyot 13:06 / 10.02.2022 26682

O‘zbekistondan rangdor gulmohining birinchi partiyasi fevral oyi boshida Novosibirsk oblastiga eksport qilindi, deb xabar bermoqda «Rosselxoznadzor» hududiy boshqarmasi matbuot xizmati. 

Fevral oyi boshida Novosibirsk oblasti O‘zbekistondan birinchi marta rangdor gulmohini qabul qilib oldi. Muzlatilgan baliq partiyasining hajmi 20 tonnani tashkil etdi. 

Forel balig‘i O‘zbekistonning sertifikatlangan korxonasidan keyinchalik sotish uchun avtomobil yo‘li orqali keltirildi.

Rangdor gulmohi — chuchuk suvda yashaydigan lososlar (Salmo trutta) kenja turlarining umumiy nomi. Dengizlarda yashovchi kenja turlari kumja yoki lososlar deb ataladi. Tanasi va suzgichlari mayda rangli dog‘lar bilan qoplangan. 

Daryo gulmohisi Yevropa va Osiyoda, jumladan Sirdaryo, Amudaryo va boshqa daryolarning yuqori oqimida ko‘p uchraydi. Ko‘l va daryo gulmohisi akklimatizatsiya qilinadi, sun’iy ko‘paytiriladi. Ko‘l gulmohisi ovlanadi, daryo gulmohisi sanoat ahamiyatiga ega emas, faqat qarmoq bilan ovlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: