Edu Branding – O‘zbekistonda eng yaxshi ta’lim brendlari aniqlanmoqda
Eduon loyihasi va Oliygoh.uz ta’lim platformasi O‘zbekistonda Edu Branding – Eng yaxshi ta’lim brendi tanlovini e’lon qildi.

Tanlovi tashkilotchilari – Eduon va Oliygoh.uz
Tanlovdan maqsad – O‘zbekistonda xususiy ta’lim salohiyatini oshirish, ta’lim sohasidagi eng yaxshi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni keng jamoatchilikka yetkazish.
Tanlov g‘oliblari onlayn ovoz berish natijalariga asosan aniqlanadi. Nomzodlarga ushbu havola orqali ovoz berishingiz mumkin.
Tanlov nominatsiyalari:
- Eng yaxshi IT-maktab;
- Eng yaxshi biznes maktab;
- Eng yaxshi xususiy oliygoh;
- Eng yaxshi o‘quv markaz (fanlar);
- Eng yaxshi chet tillari o‘qitish markazi;
- Eng yaxshi ta’lim nashriyoti va kitob do‘koni;
- Eng yaxshi konsalting markazi (xorijda ta’lim).
Tanlov 1 fevraldan 1 martgacha davom etadi. Ovoz berish 1 mart kuni 18:00 da to‘xtatiladi.
G‘oliblar “MFaktor” biznes maktabida tashkil etiladigan EduOn ta’lim forumida tantanali ravishda taqdirlanadi. Batafsil ma’lumotlar (tanlov nizomi) bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

14:35 / 18.02.2025
“Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi

11:50 / 18.02.2025
Namanganda gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan tadbirkor aniqlandi

18:54 / 17.02.2025
«Qat’iy belgilangan AOS korrupsiyaning oyog‘iga bolta urgandi, endi uni bekor qilishmoqchi» – soliq maslahatchisi

22:20 / 11.02.2025