Toshkent mahallalari YuNeSKO Butunjahon madaniy merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritildi 

O‘zbekiston 07:29 / 04.02.2022 3611

Qayd etilishicha, Eski shahar mahallalari madaniy qatlamlarini saqlab qolish bo‘yicha dastlabki qadamlar 2019 yilda, Venetsiya arxitektura biyennalesida taqdim etilgan "Mahalla: shahar va qishloq hayoti" loyihasi ishlab chiqilganda amalga oshirilgan. 

“Mahallalarimiz xalqaro ekspertlar tomonidan eko-arxitekturani tiklash, zamonaviy shaharlarni ommaviy urbanizatsiyadan asrash, shuningdek, ijtimoiy qadriyatlar va jamoaviylikni saqlab qolish usuli sifatida e’tirof etildi”, deb yozadi u.

Bildirilishicha, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi YuNeSKO bilan hamkorlikda yetakchi olim, mutaxassis, arxitektor va tadqiqotchilarni birlashtirdi. 

“Oldimizdan oqqan suvni, ya’ni mahallaning tarixiy qadr-qimmatini, milliy madaniy o‘ziga xosligini anglay boshlaganimizdan juda xursandman. Tabiiyki, ushbu hududda hech qanday investitsiya qurilish loyihalarini amalga oshirishga ruxsat bo‘lmaydi. 

Toshkentning yuragi bo‘lgan qadimiy Zarqaynar ko‘chasi taqdiriga samimiy qayg‘urayotgan barchaga - jamoatchilik vakillari, faollar, jurnalist va blogerlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shuningdek, mahallani asrab qolish loyihasini qo‘llab-quvvatlagani va uni Butunjahon tabiiy va madaniy merosi dastlabki ro‘yxatiga kiritgani uchun YuNeSKO tashkilotiga minnatdorchilik bildiramiz”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Ma’lum qilinishicha, mahallani asrab-avaylash masalasida jamoatchilik mas’uliyati va ongli yondashuviga tayangan holda, ushbu yo‘nalishda ilmiy-restavratsiya ishlari davom ettiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: