Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 29 yanvar kuni soat 13:30 larda Jizzax viloyati Baxmal tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Baxmal tumani “Baxmal” QFYga qarashli Abay qishlog‘i hududi dala maydonida Jizzax shahri Qaliya mahallasida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Toyota Land Cruiser mashinasi bilan o‘ziga tegishli Molguzar fermer xo‘jaligiga borayotganida mashina jarlikka qulab tushadi.
Oqibatda mashina haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Mashina salonida bo‘lgan haydovchining ikki nafar nabirasi turli darajada tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvda, Toyota Land Cruiser’ning shinasi qalin tumanda loyda sirpanib ketgani va haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani ortidan mashina jarlikka qulagani aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda Baxmal tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.