Surxondaryoda qarzdorlik tufayli 16 ming 496 nafar shaxsga xorijga chiqishga taqiq qo‘yilgani ma’lum qilindi

Jamiyat 16:52 / 27.01.2022 1766

Ma’lum qilinishicha, MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning hududiy organlari tomonidan viloyatda 16 ming 496 nafar qarzdorga nisbatan O‘zbekistondan xorijga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Shundan 2021 yilda qarzdorlikni bartaraf etgan 7 ming 216 nafar qarzdorga nisbatan qo‘llangan xorijga chiqish cheklovi choralari bekor qilingan.

Bundan tashqari, O‘zbekistondan xorijga chiquvchi rasmiy delegatsiya tarkibiga kiritilgani munosabati bilan 316 nafar qarzdorga qo‘yilgan taqiq sudlar tomonidan bekor qilingan.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi 808-son qaroriga asosan aliment to‘lash majburiyatini garov bilan ta’minlaganlik uchun 118 nafar aliment to‘lovchilarning chetga chiqish huquqlari tiklab berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: