15 yanvar kuni Bosh konsulxonaga 4 nafar fuqaroning (barchasi erkak kishi) soxta spirtli ichimlik iste’mol qilish natijasida vafot etgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan. 14 yanvar kuni 6 nafar fuqaro vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Bosh konsulxona diplomatlari ushbu holat yuzasidan Istanbul sog‘liqni saqlash, sud-tibbiy ekspertiza boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Shuningdek, konsulxona telefon raqamlari orqali kelib tushayotgan savollarga javob berilmoqda.
Bosh konsulxona barcha fuqarolarni spirtli ichimliklardan tiyilishga va ehtiyotkorlikka chaqirdi.