Rossiyada kunlik kasallanish holatlari 90 mingga yaqinlashdi. Bu navbatdagi antirekord

Jahon 16:54 / 27.01.2022 4264

Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida 88 816 kishida koronavirus aniqlandi . Bu haqda kovidga qarshi kurash bo‘yicha federal tezkor shtab ma’lum qildi. Bu pandemiya davridagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, avvalgi antirekord bir kun avval qayd etilgandi —  74 692 holat (+14 124  yoki 18,9 foiz).

Koronavirusga chalinish holatlarining aksariyati, odatdagidek, Moskvada aniqlangan — 26 586 kishi, u yerda bir kun oldin 19 856 kishida infeksiya tasdiqlangandi (+33,9 foiz). Sankt-Peterburgda kasallanish holatlari soni 11,6 foizga o‘sdi - 10 581dan 11 808ga.

Tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 74 ta regionida koronavirusning omikron shtammi aniqlangan. Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova yangi shtamm Rossiyada yetakchiga aylanganini ma’lum qilgandi. 

So‘nggi bir kunda Rossiya bo‘ylab shifoxonalarga 12 807 bemor yotqizilgan, bu ikki kun oldin qayd etilgan maksimumdan (12 837) biroz kamroq. Moskvada holati og‘ir bemorlar soni jiddiy o‘sgan - 1188 nafardan 1459 nafarga.

So‘nggi bir kunda 665 kishi, jumladan Moskvada 72 kishi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan - kunlik o‘lim holatlari 16 yanvardan buyon deyarli bir xil darajada qolmoqda — 700 kishidan oshmayapti.

Rossiyada pandemiya boshlanganidan buyon 11 million 404 ming 617 kishida kovid tasdiqlangan, 328 770 kishi vafot etgan va 10 million 129 ming 691 kishi sog‘aygan.

Ko‘proq yangiliklar: