O‘zbekistonda yil boshidan buyon 28 kishi is gazidan vafot etdi

Jamiyat 19:11 / 27.01.2022 5117

O‘zbekistonda 2022 yilning 25 yanvar holatiga ko‘ra, is gazi bilan bog‘liq 16 ta holat qayd etilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan FVV, IIV, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Qayd etilishicha, yil boshidan buyon ro‘y bergan 16 holatda 28 kishi vafot etib, 9 kishi zaharlangan.

Taqqoslash uchun, 2021 yil davomida is gazi bilan bog‘liq jami 74 ta holat aniqlangan. Ularda 128 nafar fuqaro vafot etgan va 67 nafar fuqaro zaharlangandi.

Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda:

  • fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
  • nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;
  • isitish pechlarining dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;
  • gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;
  • havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanish;
  • havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish shular jumlasidan.
Ko‘proq yangiliklar: