Jumladan, Xorazmning lazgi raqsi tarixiga bag‘ishlangan asar Moskva shahrida har oyda bo‘lib o‘tadigan “Art Stream” kinofestivalida “Raqs haqidagi eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film” sovrinini, Londonda o‘tkaziladigan “Fifflondon” filmlar tanlovida “Tomoshabinlar tanloviga ko‘ra eng yaxshi film” sovrinini, “Blackboard” xalqaro kinofestivalida “Raqs haqidagi eng yaxshi hujjatli film” sovrinini qo‘lga kiritib, Hindistonning “Lift-Off Season Awards” festivalida eng yaxshi filmlardan biri sifatida tan olindi.
Bundan tashqari, “Orange Film Academy”, Trissurdagi xalqaro kinofestival, Mediatadqiqotlar markazi, Sent-Tomas kolleji va Hindiston xalqaro folklor kinosi tomonidan tashkil etilgan “IFFT” (International Film Festival of Thrissour) taqdimotida “Raqs haqidagi eng yaxshi hujjatli film” deb e’tirof etildi.
“Bu filmni ishlash jarayonida lazgi raqsining yo‘qolib borayotgan turlarini saqlab qolish, uni dunyoga namoyish etish va shu orqali madaniy merosimizga xorijliklarning e’tiborini qaratishni maqsad qilgandim”, - dedi film rejissyori Ixtiyor Baxtiyorov.