Ikki farzandning otasi Iqboljon Ergashev 8 yildan buyon jigar sirrozi kasalligi bilan kurashib keladi. Undagi kasallik tufayli oilada halovat yo‘qolgan. Bemorning singlisi o‘z akasiga jigarini berishga rozilik bergan. Hindistonda o‘tkaziladigan jigar ko‘chirish amaliyotini o‘tash uchun oilada mablag‘ yetarli emas. Shu paytga qadar oilasining uch a’zosidan ayrilgan ona o‘g‘lidan ham ayrilib qolishdan xavotirda.
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi ikki farzandning otasi Iqboljon Ergashev 8 yildan buyon jigar sirrozi kasalligi bilan kurashib keladi. Undagi kasallik tufayli oilada halovat yo‘qolgan. Bemorning singlisi o‘z akasiga jigarini berishga rozilik bergan. Hindistonda o‘tkaziladigan jigar ko‘chirish amaliyotini o‘tash uchun oilada mablag‘ yetarli emas.
Bemorning onasi Saodat Mamajonova katta kelini va ikki nevarasini tuproqqa qo‘ygan. Endilikda oila o‘g‘lidan ayrilib qolishdan tashvishda.
«O‘g‘lim Iqboljonni Hindistonga olib borib, operatsiya qildirish kerak. Buning uchun mablag‘imiz yetmayapti. O‘z singlisi jigarini berishga rozi bo‘lgan. Oilaning uch a’zosini tuproqqa qo‘ydim. To‘rtinchisiga kelganda chiday olmayapman. O‘limdan chiqmadi boshimiz...
Mablag‘ topish uchun bormagan joyimiz qolmadi. Farzandim oyoqqa turib, bolalarining orzu havasini ko‘rishini xohlayman. Saxovatli insonlardan o‘g‘limning tuzalib ketishida yordam berishlarini so‘rayman. Kecha-yu kunduz shifo berishini Allohdan so‘rayapman. Kasallik o‘g‘limda oxirgi bosqichiga o‘tgan. Juda qiynalib ketdik. Dori-darmonlari ham qimmatlik qilyapti», – deydi bemorning onasi Saodat Mamajonova.
Azizlar, bir vatandoshimiz siz kabi yaxshilar ko‘magiga muhtoj!
Iqboljon Ergashevga tegishli kartalar:
Humo: 9860 0803 9463 9621 (Iqboljon Ergashev nomida)
Sberbank: 5469 1200 1698 6340 (Xudoberdi Abdulahadov nomida, jiyani)
Sarvar Ziyayev tayyorladi.