“O‘ztransgaz” AJ Turkiyaning milliy tabiiy gaz uzatish operatori BOTAŞ kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Jamiyat 15:30 / 18.01.2022 6971

Dunyodagi rivojlanayotgan mamlakatlardan biri sifatida O‘zbekistonda energetika sektori ham jiddiy islohotlarni amalga oshirmoqda. “O‘ztransgaz” AJ tizimidagi o‘zgarishlar tabiiy gaz uzatish imkoniyatlarini yaxshilash yo‘lida qator tadbirlar amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Turkiyaning milliy tabiiy gaz uzatish operatori BOTAŞ kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga kelishib olingani ham shu yo‘ldagi sa’yi-harakatlarga bir misoldir. “O‘ztransgaz” AJ o‘z faoliyatini takomillashtirish maqsadida ushbu kompaniya bilan “O‘ztransgaz” AJ mutaxassislarining malakasini oshirish va tajriba almashinish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Foto: O‘ztransgaz
Foto: O‘ztransgaz

Kompaniya vakillari “O‘ztransgaz” AJda Boshqaruv raisi Behzot Narmatov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki tomon vakillari mavjud imkoniyatlar va birgalikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tadbirlar to‘g‘risida so‘z bordi. Turkiyalik hamkorlar Toshkentga tashrifi doirasida “O‘ztransgaz” AJ tizimidagi muhandislik inshootlarini bevosita ko‘zdan kechirib, faoliyat jarayoni bilan tanishdilar. Tashrifning ikkinchi kunida amalga oshiriladigan yo‘nalishlarni ko‘zda tutuvchi anglashuv memorandumi imzolandi.

Foto: O‘ztransgaz

Hamkorlik doirasida “O‘ztransgaz” AJ gaz uzatish tizimining muhim uchastkalaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish, gaz quvurlari va kompressor stansiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish, yer osti omborlarida tabiiy gaz saqlash hajmini ko‘paytirish, tabiiy gaz oqimini kuzatishda nazorat qilish tizimi (SSADA)ni joriy etish hamda yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlariga avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish kabi vazifalarni amalga oshirishda BOTAS kompaniyasining tajribasi o‘rganiladi va tadbiq etish bo‘yicha imkoniyatlar baholanadi.

Foto: O‘ztransgaz

Shu o‘rinda hamkor kompaniya haqida:

Turkiyaning "BOTAŞ Boru Hatlari Ile Petrol Taşima A.Ş." kompaniyasi neft va tabiiy gazni tashish, gaz quvurlari ekspluatatsiyasi, tabiiy gaz va Suyultirilgan tabiiy gaz (STG) savdosi, tabiiy gaz va STG to‘plash omborlarini qurish hamda undan foydalanish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan milliy kompaniya hisoblanadi.

"O‘ztransgaz" AJ Axborot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: