Navbatni unuting! E-RIB.UZ - Avtomobilni YHXBda ro‘yxatga olishda ariza va to‘lovlar uchun onlayn yechim

O‘zbekiston 09:00 / 18.01.2022 18025

Avtotransport vositalarining soni kundan kunga oshishi, fuqarolardan hududiy YHXB RO‘ va IOB (TRO‘ va IOB) bo‘linmalarida ariza yozdirish va to‘lovlar uchun kassada kutish holatlari ko‘payishiga va ba’zan bu navbatlar soatlargacha cho‘zilishigacha olib kelmoqda.

Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida E-RIB.UZ platformasi ishlab chiqildi. Tizim fuqarolarga quyidagi qulayliklarni yaratadi:

  • Arizalarni o‘zi mustaqil istalgan joyda, istalgan qurilma (kompyuter, noutbuk yoki telefon) yordamida yozish;
  • To‘lovlarni Uzcard yoki Humo bank kartalari yordamida platformaning o‘zidan onlayn to‘lash;
  • Texnik ko‘rik markazlari manzillari haqida ma’lumot olish;
  • Avtotransport vositasini ro‘yxatga olish bo‘yicha huquqiy maslahatlar olish

Bundan tashqari dastur tomonidan yordam xizmati guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu guruhlar yordamida fuqaro avtotransport vositasini ro‘yxatlash va qayta ro‘yxatlashga oid barcha savollariga E-RIB.UZ mutaxassislaridan javob oladi. Bunga qadar fuqarolar avtotransport vositalarini ro‘yxatga olishda har bir savol yoki huquqiy yordam uchun YHXB bo‘linmasiga borib, inspektorga murojaat etishi kerak edi. Shundan ham ko‘rinib turibdiki, dastur faqatgina innovatsion yechim bo‘lishi bilan bir qatorda, huquqiy ko‘makchi hamdir! Tabiiyki fuqarolar bundan judayam xursand. E-RIB.UZ xizmatidan foydalangan fuqaro, boshqalarga ham ushbu dasturdan foydalanishni tavsiya etmoqda.

Dastur orqali jismoniy va yuridik shaxslar quyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:

  •  Yangi avtotransport vositasini ro‘yxatga olish 
  • “Texpasport” almashtirish
  • Oldi-sotdi bo‘lgan avtotransport vositasini ro‘yxatga olish
  • Hadya yoki meros bo‘lgan avtotransport vositasini ro‘yxatga olish
  • Auksion asosida olingan avtotransport vositasini ro‘yxatga olish
  • va boshqa turdagi ro‘yxatlash xizmatlari

Dastur qayerlarda ishlamoqda?

Hozirgi paytda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida fuqarolar hujjatlarini va to‘lovlarini E-RIB.UZ yordamida to‘liq onlayn tarzda amalga oshirishlari  mumkin. Fuqarolar tomonidan jo‘natilayotgan arizalar YHXB inspektorlari tomonidan ko‘rib chiqilib, yakuniy xulosalar SMS tarzda jo‘natilmoqda.

Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma:

Eslatma: E-RIB.UZ sizga YHXBda navbatsiz hujjat topshirish va avtotransport vositasini YHXB bo‘linmasiga bormasdan ro‘yxatga qo‘yish imkonini bermaydi. So‘nggi bosqichda YHXB bo‘linmasida avtotransport vositasi kuzov, shassi va dvigatel raqamlari muvofiqligi tekshirtiriladi. Shundan so‘ng onlayn tarzda rasmiylashtirilgan ariza, kvitansiyalar va texpasport (Ro‘DRB) topshirilib, yangi davlat raqam belgisi va qayd etish guvohnomasi olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish: e-rib.uz

Muhokama guruhi: @e_rib_uz

Toshkent shahri guruhi: @e_rib_tashkent

Toshkent viloyati guruhi: @e_rib_tashobl

Instagram: @e_rib.uz

Telefon: 972800809 / 935119120 / 919791999

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: