Surxondaryoda qo‘shnilarning o‘zaro janjali pichoqbozlik bilan tugadi

Jamiyat 16:45 / 17.01.2022 1588

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida o‘zaro janjal paytida qo‘shnisini pichoqlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 6 yanvar kuni soat 19:30 larda Oltinsoy tumani Yakkatut mahallasida yashovchi, J.Jobir qo‘shnisi S.Jamshid bilan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjallashib qolgan.

Janjal davomida J.Jobir qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan S.Jamshidning chap biqin sohasiga bir marta urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda S.Jamshid og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, 2022 yil 7 yanvar kuni J.Jobirga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: