Bo‘yining kichikligi uning hayotda o‘z o‘rnini topishga to‘siq bo‘lmagan. Bunday nuqson irsiyatida mavjud emas.
"Xudoga shukur, hamma taraflama bemalolman. Shuncha yildan beri bemalol ish yuritib, farzandlarimni ham o‘zim kamolga yetkazdim. Kelinlarim, nevaralarim bor. Seshanba-chorshanba kunlari emlash kunlarimiz. Bir kunda 90-110 nafar bola keladi. Ikki kunda 180-200 ta emlov qilaman", deydi biz bilan suhbatda Faridaxon opa.
Opaning bo‘yidagi nuqsoni onasining homiladorlik paytida ko‘p kasal bo‘lishi bilan bog‘liq. Qahramonimizning ikki nafar farzandi bor. U bo‘yining past ekanligidan hech qachon nolimaydi.
Abduvali Qurbonov
Tasvirchi va montaj ustasi Azizbek Ismoilov.