Asad maxsus xizmatining sobiq zobitiga Germaniyada sud hukmi o‘qildi. U bu yerga qochqin sifatida kelgan

Jahon 17:52 / 13.01.2022 9598

Bu hukm - Bashar Asad rejimi sodir etgan jinoyatlar bo‘yicha ilk sud jarayonining bir qismidir. Eshituvlar o‘tgan payshanba kuni boshlangandi.

Mahkum - 58 yoshli Anvar Raslan. Prokuratura talqiniga ko‘ra, 2011 yilda, Suriyani hukumatga qarshi namoyishlar to‘lqini qamrab olganida u Suriya razvedka xizmati polkovnigi bo‘lgan va Damashqdagi «Yerdagi do‘zax» degan qayg‘uli nom olgan Al-Xatib qamoqxonasini boshqargan.

«Arab bahori»ning dastlabki ikki yilida Bashar Asad hukumatiga qarshi chiqqanlardan kamida to‘rt ming nafari uning buyrug‘i bilan zo‘rlangan, qiynoqqa solingan va o‘ldirilgan.

Raslan bilan birga uning sobiq yordamchisi, 43 yoshli Iyad A ham mahkamaga tortilgan. Uning ishi bo‘yicha sud hukmi keyinroq chiqariladi.

O‘tgan yilda ushbu sud jarayonida Germaniya sudi muxolifatchilarni hibsga olish ishlariga aloqadorlikda ayblangan Iyad al-G‘arib 4,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Bu odamlarning barchasi Germaniyaga qochqin sifatida kelib, siyosiy boshpana so‘rab murojaat qilgan. Lekin 2018-19 yillarda ular hibsga olingan.

Germaniya qonunchiligiga ko‘ra, harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsid bo‘yicha ishlar universal yurisdiksiyaga kiradi va mamlakat chegaralaridan tashqarida sodir etilgan bo‘lsa-da, nemis sudlari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: