Zaporijjyada tiklanayotgan uylar va frontdagi minomyotchilar. Urush suratlari

Jahon 16:45 / 26.04.2024 8601

Ukrainada urushning 792-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • AQSh yangi harbiy yordam paketi Ukrainaga 2024 yil oxirigacha qadar yetishini ma’lum qildi.
  • Polsha urush boshlanganidan keyin mamlakatni tark etgan chaqiruv yoshidagi erkaklarni Ukrainaga qaytarishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. Germaniya hukumati esa, aksincha, pasporti muddati tugagan ukrainlarga ham mamlakatda qolishga ruxsat berilishini ma’lum qilgan.
  • Ukrainlar droni Bryansk oblastida yo‘lovchi avtobusga hujum uyushtirdi. To‘rt kishi jarohatlangan, jumladan 14 yoshli o‘smir ham.
  • «Ukrzalіznitsya» Ukrainaning turli regionlaridagi temiryo‘l tarmoqlariga uch bor zarba berilganini xabar qildi.
  • Rossiya latviyalik diplomatlardan ikki nafarini chiqarib yubordi.
  • The New York Times xabariga ko‘ra, AQSh Ukrainaga maxfiy ravishda 300 km masofaga harakatlanuvchi ATACMS raketalaridan 100 dan ortig‘ini yuborgan.

Kun kadri. Moskvadagi ko‘cha ko‘rgazmasi

Moskvada Arbat piyodalar ko‘chasida bir necha oydan buyon «My nesem mir!» nomi ostida propaganda plakatlari ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. «Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad — rossiyalik rassomlarning zamonaviy asarlari orqali maxsus harbiy amaliyot jangchilari va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlashni izhor etishdir», — deya xabar bergan RIA nashriga «Armiya Rossii». «Rassomlar ijod orqali ezgulikning yovuzlik ustidan mutlaq g‘alabasiga ishonchini baham ko‘rishgan», — deya yozgan Tver oblasti qonunchilik organi raisi o‘rinbosari Yuriy Tseberganov Arbatda bo‘lib qaytganidan keyin. Arbatdagi ochiq ko‘rgazma maydoni muntazam ravishda propaganda ko‘rgazmalari uchun foydalaniladi. Bu yerda xususan, Rossiya qo‘shinlari bosqinini oqlovchi «Donbass bolalari» nomli seriyali fotosuratlar namoyish etilgandi.

Yuriy Kochetkov / EPA / Scanpix / LETA

Ukrain minomyotchilarining pozitsiyalari

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 61 milliard dollar miqdoridagi harbiy yordam paketi ajratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ichki kelishmovchiliklar tufayli amerikalik qonunshunoslar yarim yil mobaynida Ukrainaga (shuningdek, Isroil va Tayvanga ham) yordamni moliyalashtirish bo‘yicha kelisha olmagandi. Ukraina hukumati bir necha bor AQShda yordamning yangi paketini kelisha olishmayotgani tufayli Ukraina qurolli kuchlari o‘q-dorilar va qurollar taqchilligini boshdan kechirib, bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha raqibdan ortda qolayotganini aytib chiqqandi. MRB direktori Uilyam Byorns agar AQSh kongressi qonun loyihasini kelisha olmasa, Ukraina 2024 yil oxiriga qadar urushni boy berishi mumkinligidan ogohlantirgandi. Ukrainaga harbiy yordam to‘g‘risidagi qonunni imzolarkan, Bayden qurollar va o‘q-dorilarni yetkazib berish yaqin vaqtlar ichida boshlanishini aytgan. Ammo, The New York Times gazetasi yozishicha, ukrain qo‘mondonligi va harbiy tahlilchilar hisoblashicha, AQSh yordami harbiy harakatlarda aks eta boshlagunicha haftalar o‘tib ketadi.

Ukrain harbiylari navbatdagi o‘q otishdan keyin safdan chiqqan 120 mm kalibrli minomyotni tuzatishga harakat qilmoqda (bu yerda va quyida keltiriladigan suratlar qayerda tasvirga olingani va boshqa ma’lumotlar xavfsizlik zarurati yuzasidan oshkor etilmaydi — izoh «Meduza» tahririyatiniki)
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Zaporijjyada portlatilgan uy tiklanishi

Rossiya qo‘shini Zaporijjya oblastidagi aholi yashash manzillarini muntazam ravishda artilleriyadan o‘qqa tutib, raketalar bilan zarba bermoqda va dronlar bilan hujum qilmoqda. Regionda havo trevogasi va raketa xavfi signali kuniga bir necha bor e’lon qilinadi. Shunga qaramay, oblast ma’muriy markazi Zaporijjyada — aprel oyida keng ko‘lamli urush boshidan buyon ilk bor bolalar maktablarga qaytishga muvaffaq bo‘lishdi. Zaporijjya shahri va oblast hududida jami 10 ta maktabda dars o‘tish mumkin bo‘lgan yerosti boshpanalarini jihozlash va yana 10 ta o‘quv binosini ta’mirlash rejalashtirilgan, deb xabar bergan 26 aprel kuni region rahbari Ivan Fedorov. Zaporijjyada ham Rossiya zarbasidan shikastlangan uylar tiklanmoqda. Fotoda 2023 yil 22 martida yo‘llangan zarbadan shikastlangan binolardan biri aks etgan.

Dmytro Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: