Endilikda Durable Beton kompaniyasi mijozlari o‘z buyurtmasini real vaqt tartibida onlayn kuzatishlari mumkin.
Buyurtmachi beton aralashmasini, ayniqsa, yirik miqdorda buyurtma qilganda bir masala ustida bosh qotiradi: buyurtmam nima bo‘ldi? Yo‘lga chiqdimi, chiqqan bo‘lsa qayerda? Bu savollar yetkazib berish jarayoni shaffof emasligi bois paydo bo‘ladi. Durable Beton kompaniyasidagi buyurtmani onlayn monitoring qilish xizmati ayni shu muammoga barham beradi.
Kompaniyaning avtomatlashgan ERP tizimini xalqaro darajaga yetkazish maqsadida eng kuchli mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar 11 oy mobaynida faoliyat olib borishgan.
Har bir mijoz o‘z buyurtmasini kuzatib tura olishi uchun ularga shaxsiy xonasining login-paroli taqdim etiladi. Buyurtmachi u orqali buyurtmasining joriy holati va GPS texnologiyasi yordamida beton aralashma ortilgan texnikaning qayerda ekanini bila oladi. Shuningdek, mashinaning davlat raqami, hajmi va yetkazib berilayotgan beton aralashma markasi, haydovchi ism-sharifi va yetkazib berish vaqti haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Endilikda bu jarayon yanada shaffoflashdi.
Durable Beton, o‘tib borayotgan yilda ISO 9001:2015 sifat menejmenti, ISO 14001:2015 ekologik menejment tizimi, ISO 45001:2018 professional xavfsizlik va salomatlik muhofazasi tizimi auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Ushbu tadbirlar – mahsulotning sifatini tobora yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonini atrof-muhit va mehnat muhofazasi, shuningdek, sanoat va yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan ta’minlashni vazifa sifatida ilgari suradi.
Durable Beton kompaniyasi tajribasi
Durable Beton 2019 yil bahor mavsumidan 900 dan ortiq qurilish loyihalariga beton yetkazib berishni boshladi. Kapital qurilish sohasidagi yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniyalar B7.5 – B60 tasnifidagi betonni tanlashdi. Ular orasida:
"NRG U Tower", "NRG BI GROUP", “Ozguven”, “Koç Construction” (Piramit Tower), "SCG" (Tashkent City Lot 6), "Texno Park", “Gold Step Invest”, “Golden House”, “Modern Stroy”, “TSH-HK-Investment”, "Mega City Stroy", “Grand Road Tashkent”, “Discover Invest”, “MIMAR Group” va boshqalar bor.
2022 yilda Durable Stone va Durable TBM o‘z mijozlariga yanada ko‘proq turdagi beton bruschatkalar va temir-beton mahsulotlarini taqdim etishni maqsad qilgan.
Telefon: +998 95 485-55-55
E-mail: durablebeton2021@gmail.com
Instagram: instagram.com/durablebeton
Facebook: facebook.com/durablebetonuz
YouTube: youtube.com/channel/UCFBHEquKIyp9WJAbXFsmBDA
Reklama huquqi asosid