Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda qadimiy davrlarga oid yodgorlik topildi

Foto: academy.uz
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida arxeologik tadqiqotlar olib borilganda paleolit davriga oid yodgorlik topilgan. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlari tomonidan Sherobod tumanidagi Ko‘hitangtog‘ tog‘ tizmasi hududida dala tadqiqotlari o‘tkazilgan. Dastlabki kuzatuvlar natijasida yodgorlik yer sathidan ko‘plab tosh uzaklar, ularning parchalari, uchrindi va plastinalar hamda qurollar yig‘ib olingan.
Yodgorlik madaniy qatlamlari holatini aniqlashtirish uchun 1x2 metr hajmida shurf qazilgan. Qazuv ishlari yer sathidan yarim metr chuqurlikda qoyatosh yotqiziqlarida to‘xtatilgan. Qazuv ishlari natijasida yodgorlik bitta madaniy qatlamdan iborat ekani aniqlangan. Madaniy qatlam kul va kuyindi qoldiqlari bilan qoplangan qoramtir, mayda tarqoq tuproqdan tarkib topgan bo‘lib, unda ham ko‘plab tosh buyumlar va yovvoyi hayvon suyak qoldiqlari topilgan.
Ushbu yodgorlik hududda ilgari topib o‘rganilgan Teshiktosh yodgorligiga xronologik va madaniy jihatdan o‘xshashligi ma’lum bo‘lgan. Yodgorlikdan topilgan tosh buyumlar o‘rta paleolit davriga tegishli bo‘lib, toshga ishlov berish texnikasi va tosh buyumlar madaniy jihatdan aynan Teshiktosh yodgorligi an’analarini takrorlashi aniqlangan.
Qayd etilishicha, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlari mazkur yodgorlikda tadqiqot ishlarini davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada taniqli siyosatshunos Yekaterina Shulman sirtdan hibsga olindi
Jahon | 10:28
-
Germaniyada poyezd izdan chiqib ketdi, qurbonlar bor
Jahon | 10:23
-
O‘zbekiston-Vengriya maxsus industrial zonasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:16
-
Rossiya Markaziy banki ketma-ket ikkinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 10:01
Mavzuga oid

10:38 / 24.07.2025
Surxondaryodagi qo‘riqxonada ro‘y bergan yirik yong‘in 8 soatda o‘chirildi

20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda

16:18 / 28.01.2024
Surxondaryoda ikki kishiga bo‘rilar hujum qilgani haqidagi xabarlar rad etildi

11:37 / 24.01.2024