Jamiyat | 10:38 / 24.07.2025
4913
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryodagi qo‘riqxonada ro‘y bergan yirik yong‘in 8 soatda o‘chirildi

Surxondaryo viloyatida Sherobod tumanidagi qo‘riqxonada yirik yong‘in sodir bo‘ldi. 8 soatdan ko‘proq vaqt davomida uni o‘chirishning iloji bo‘lmadi.

Foto: Videodan kadr

FVV ma’lum qilishicha, 23 iyul soat 15:52 da Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Qizilolma mahallasi hududida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasiga qarashli hududda taxminan 5 gektar maydonda quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ushbu xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari, tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga yetib borgan. Soat 00:35 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.  

Mavzuga oid