Iphone telefonini sotaman deb fuqaroning 17 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
U internet orqali telefon sotishini aytib fuqaroning pullarini kartasiga tushirib olgan va keyin o‘zini bloklab qo‘ygan.

Fotokollaj: Getty images / Kiberxavfsizlik markazi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi E.Sh. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 17 mln 50 ming so‘m noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Termiz shahrida yashovchi 35 yoshli A.J. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, A.J. internetda “Iphone 13pro” hamda "Xiomi 12" rusumli telefonlar arzon narxda sotiladi deya yolg‘on e’lon joylashtirgan.
So‘ng bu e’longa ishongan E.Sh. bilan telefon orqali gaplashib, oldindan 17 mln 50 ming so‘mni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan. Yozishmalarni o‘chirib, jabrlanuvchining qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.J.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

22:17 / 05.03.2025
Putinga politsiya xodimlari ommaviy ravishda xizmatdan bo‘shatilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi

12:10 / 05.03.2025
Bosh prokuratura va IIV bir-birini tiyib turishi kerakligi aytildi

23:04 / 04.03.2025
O‘zbekistonda transport tezligini qayd etishdagi xatolik soatiga 10 kilometrga qadar ko‘tarilishi mumkin

12:30 / 03.03.2025