Fransiyada pandemiya boshidan beri rekord sonda kunlik kasallanish holatlari qayd etildi

Jahon 10:19 / 26.12.2021 2840

Ta’kidlab o‘tish joiz, mamlakatda uchinchi kun rekord sonda kasallanish holatlari qayd etilmoqda. 2 kun avval kunlik kasallanish holatlari soni mos ravishda 91 ming va 94 mingdan ko‘proqni tashkil qilgan.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 16 mingdan ko‘proq odam koronavirusdan davolanmoqda. Ulardan 3,2 ming nafari jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran joriy haftada aholini koronavirus tarqalishining yangi to‘lqinidan ogohlantirgan. 

Hukumat bunday yuqori kasallanish ko‘rsatkichlarini omikron shtamm tarqalishi va Rojdestvo oldidan testlar olinishi ko‘paygani bilan bog‘lamoqda. Jumladan, 23 dekabrda Fransiyada 1,55 mlnta test olingan va bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Hukumat balog‘at yoshidan katta fuqarolarga koronavirusga qarshi birinchi emlashdan 3 oy o‘tib, vaksinaning ikkinchi dozasini olishni tavsiya qilgan. Ayni vaqtda mamlakatda aholining 76 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

Ko‘proq yangiliklar: