YHXB ustidan shikoyat qilib borgan fuqaro qidiruvdagi shaxs bo‘lib chiqdi
Fuqaro E.S. qoidabuzarlik bo‘yicha unga yozilgan jarimadan noroziligi sababli YHXBga borib e’tiroz bildirgan. Uning hujjatlari tekshirilganda, Jinoyat kodeksining uchta moddasi bilan ayblanib, qidiruvga berilgani ma’lum bo‘lgan. Buni bilgan xodimlar uni qo‘lga olishgan.

Foto: IIBB YHXB
YHXBga kelgan fuqaro muqaddam jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgani va hozirda qidiruvda ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 17 dekabr kuni fuqaro E.S. qoidabuzarligi bo‘yicha jarimasiga e’tiroz bildirib, Toshkent viloyati IIBB YHXBga murojaat qilgan.
“Shu sababli, uning ma’lumotlari maxsus dastur orqali tekshirilganda, mazkur fuqaro Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi, 112-moddasi 1-qismi, 166-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilib o‘tilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu fuqaro viloyat IIBB YHXB xodimlari Sh.Shomirzayev va A.Hamroqulovlar tomonidan ushlanib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
“Fuqaro E.S. Chirchiq shahar IIBga topshirilgan”, deya yakunlanadi IIV xabari.
Rasmiy axborotda fuqaro qachon qidiruvga berilganiga aniqlik kiritilmagan.
Ma’lumot uchun, JKning 109-moddasi qasddan badanga yengil shikast yetkazish, 112-moddasi o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, 166-moddasi esa talonchilik jinoyati haqida.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chilonzor tumani hokimligida 8 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi
Jamiyat | 17:13
-
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:07
-
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilandi
Jahon | 17:06
-
The Atlantic muharriri qanday qilib Tramp jamoasining yopiq chatiga kirib qolgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 17:02
Mavzuga oid

19:51 / 02.04.2025
Chirchiqda janjal oqibatida bir kishi vafot etdi

22:37 / 10.03.2025
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi

20:04 / 13.02.2025
Toshkentda 2024 yilda YTH oqibatida 91 kishi halok bo‘ldi

22:35 / 30.01.2025