Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Turizm va sport vazirligining “Orol orzusi” dasturi bilan tanishtirdi.
Dastur yordamida Orolbo‘yi muammolarini jahon ommaviy madaniyatiga olib chiqish, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining Orolbo‘yi mintaqasini “ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini targ‘ib qilishga hissa qo‘shish rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida vazir I.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi tomonidan Vashingtonda, tarixda ilk marta suratlar ko‘rgazmasi o‘tkazilishi, G‘arb yulduzlari bilan kollaboratsiya, Nukusda «besh tashabbus» xalqaro festivali, Qoraqalpog‘iston opera va baletini rivojlantirish dasturi, baxshichilik san’atini ommalashtirish va «Orol bolalari» ta’lim grantlari dasturi haqida ma’lumot berdi.