Davos Jahon iqtisodiy forumi koronavirusning «omikron» shtammi tarqalishi sababli boshqa muddatga ko‘chirildi.
Tadbir kelasi yil yanvarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi, endilikda u 2022 yil yozida o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda.
«Pandemiyaning hozirgi sharoiti global uchrashuv o‘tkazilishini qiyinlashtirmoqda», — deyiladi forum saytida.
Forumning aniq o‘tkazilish muddati hozircha aytilmagan.
Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi ketma-ket ikkinchi yil boshqa muddatga ko‘chirilmoqda. 2020 yilda yubiley 50-forum 21-24 yanvar kunlari o‘tkazilgandi.