Nazarbekda maktab uchun mo‘ljallangan yerda kottej qurayotgan firma egalari vazir o‘rinbosariga aloqador bo‘lib chiqdi
Zangiota tumanidagi Forobiy mahallasi tashkil etilayotganda mahalla markazida maktab va bog‘cha uchun deb mo‘ljallab yer maydoni qoldirib ketilgan. Biroq bu yer nol qiymatda, auksionsiz tadbirkorga berib yuborildi. Tadbirkorning akasi – kommunal xizmatlar vazirining birinchi o‘rinbosari.

Foto: Kun.uz
Zangiota tumani “Forobiy” MFYda maktab va bog‘cha uchun mo‘ljallangan yer maydonida kottejlar qurayotgan “Skytech-Line” MChJ muassisi va direktori kommunal xizmatlar vazirining birinchi o‘rinbosari bilan yaqin qarindosh ekani ma’lum bo‘ldi.
Kun.uz ushbu qurilishga aholining qarshiligi haqida 14 dekabr kuni “Besh tashabbus bahonami? Maktab uchun mo‘ljallangan yer tadbirkorga berib yuborildi” sarlavhali tahliliy maqola e’lon qilgan edi. Unda Zangiota tuman hokimligi hujjatlardagi so‘z o‘yinlari orqali aslida maktab va bog‘cha qurishga mo‘ljallangan yerni turar joylar qurish uchun tadbirkorga nol qiymatda berib yuborgani haqida yozilgandi.
Vaholanki, hududda yangi maktab va bog‘chaga ehtiyoj bor, buni Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari ham tasdiqlagan. Tuman hokimligi esa na aholi e’tirozi, na prokuror protesti, na vazirlik va na kadastr organi e’tirozlarini inobatga olmayapti.
Aholi shikoyati yuzasidan o‘rganishlarimiz davomida nizoli hududda uy-joy qurayotgan “Skytech-Line” MChJ vazir o‘rinbosarining yaqin qarindoshi ekani ma’lum bo‘ldi.
Korxona-tashkilotlar reyestriga ko‘ra, korxona 2020 yil 21 yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Oradan 3 oy ham o‘tmay – 2020 yil 2 aprelda Zangiota hokimi bu firmaga ayni paytda nizoli yerni ajratib bergan.
Jamiyatning 100 foiz ulush bilan yagona ta’sischisi – fuqaro Suhrob Ismoilovich Saifnazarov. Firma direktori – Iskander Ismoilovich Saifnazarov.
Suhrob (fotosuratini topish imkoni bo‘lmadi) va Iskander Saifnazarovlar o‘zaro aka-uka bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining sobiq deputati, professor Ismoil Saifnazarovning farzandlaridir. Biz ushbu firma rahbarlari bilan bevosita uchrashishga bir necha marotaba uringanimizga qaramay, so‘rovlarimiz javobsiz qoldi. Aniqrog‘i, har safar “keyingi hafta anig‘ini aytamiz” degan javob berildi.
Aka-uka Saifnazarovlarning yana biri – Saifnazarov Sohib Ismoilovich. U 2017-2019 yillarda tashqi savdo vaziri o‘rinbosari, 2019 yilda iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2019 yildan bugungi kunga qadar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari – “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi lavozimlarida mehnat qilib kelmoqda.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmatining Kun.uz so‘roviga javoban ma’lum qilishicha, Sohib Saifnazarov: “Bu masala bo‘yicha fikr bildirishga ma’naviy haqqim yo‘q, chunki bu tadbirkorlik ularniki, meniki emas”, deya izoh bergan.
Ma’lumot uchun, Nazarbek hududi, “Forobiy” MFY qishloq xo‘jaligi maydoni 204-konturining nol qiymatda, auksionsiz tadbirkorga berib yuborilishi bilan bog‘liq masala sudda ko‘rib chiqilgan.
Toshkent viloyati ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasining 2021 yil 30 noyabrdagi qarori bilan kottejlar qurilishidan norozi bo‘layotgan fuqarolarning da’vo arizasi qanoatlantirilib, Zangiota tuman hokimining “Skytech-Line”ga yer ajratish to‘g‘risidagi 2020 yil 2 apreldagi 217-sonli va 2021 yil 10 martdagi 314-sonli qarorlari haqiqiy emas, deb topilgan.
Bugungi kunda, “Skytech-Line” MChJ apellyatsiya instansiyasi qarori ustidan Oliy sud ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida shikoyat kiritgan.
Tolib Rahmatov
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil sudi ShABAK rahbarining ishdan olinishini vaqtinchalik blokladi
Jahon | 09:15
-
Tramp Oq uyda matbuot ko‘z o‘ngida Netanyahuni tahqirladi - Isroil OAV
Jahon | 09:05
-
AQShning Xitoyga bojlari 9 aprelda 104 foizgacha ko‘tariladi
Jahon | 08:55
-
Klub tomi qulashi: Dominikanda 90 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
Jahon | 08:48
Mavzuga oid

13:02 / 19.03.2025
Abu-Saxiy bozorida yong‘in chiqqani rad qilindi

18:50 / 24.01.2025
“Boshimizni devorga urardi” – Zangiotada egizak qizlarini muntazam kaltaklab kelgan ota 3 yilga qamaldi

11:23 / 22.06.2024
Toshkent viloyatida 10 yoshli bolani poyezd urib yubordi

18:40 / 03.03.2024