Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiroqchidagi qishloqda yer osti yonib tutamoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumanida joylashgan Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘ida yer osti yonib tutayotgani aytilgan xabar tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat ekologiya boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati ekologiya boshqarmasi axborot xizmati
Ma’lum qilinishicha, Chiroqchi tuman “Yangiqurilish” MFY Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘i hududidagi yerdan chiqayotgan tutun Chiroqchi tuman nazorat inspeksiyasi inspektorlari, tuman FVB, Hududgaz ta’minot tuman filiali xodimlari tomonidan o‘rganilgan.
O‘rganish jarayonida taxminan 10 sotix yer maydoni avval yonib o‘chgani va hozirgi kunda taxminan 1 sotix yer ustidan tutun chiqib atrofga badbo‘y hid tarqalayotgani kuzatilgan.
O‘rganish davomida ushbu qishloqda yashovchi keksalar bu joy taxminan 50-70 yillar oldin chuqurlik joy bo‘lib, qamishzor bo‘lgani va yillar o‘tib qamishlar ustiga tuproq yopilib ketganini aytishdi.
Ushbu holat bo‘yicha geologiya sohasi mutaxassislarining o‘rganish o‘tkazib xulosalari taqdim qilingunga qadar, yer ostida qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida ushbu holat yuzaga kelgan degan dastlabki xulosa qilingan.
Qayd etilishicha, holatni o‘rganish ishlari davom etmoqda, o‘rganish yakunlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

23:40 / 31.03.2025
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi

21:37 / 20.02.2025
“Cho‘llashtirish avjida” - Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt ko‘chirilayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

18:52 / 02.08.2024
Fuqaroga tarsaki tushirgan Chiroqchi tumani hokimi intizomiy jazoga tortildi

17:12 / 02.08.2024