Qozog‘istonning Magnum tarmog‘i Toshkentdagi birinchi gipermarketini ochdi

Jamiyat 12:00 / 14.12.2021 23376

11 dekabr kuni Toshkentdagi yangilangan Integro savdo markazida O‘zbekistondagi birinchi Magnum gipermarketi ochildi.

 Bu yerda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning 20 ming turdagi mahsulotlari taqdim etilgan bo‘lib, u xaridorlarning xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda kengaytirib boriladi.

Foto: Magnum

Gipermarketda maxsus chegirmali xiyobon ham mavjud bo‘lib, u yerda arzon narxdagi mahsulotlarni topishingiz mumkin.

Foto: Magnum

Do‘konning birinchi ish kunida u yerga 25 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi, eng ko‘p mahsulotlar qandolat, oziq-ovqat, go‘sht, sabzavot va meva mahsulotlari bo‘limlaridan xarid qilindi.

 Qozog‘istonning Magnum Cash & Carry kompaniyasi boshqaruvi raisi Azamat Osmanov tarmoq ikki yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston bozoriga kirish, mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini diqqat bilan o‘rganish kabi muhim voqeaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganini ta’kidladi.

Foto: Magnum

«O‘zbekistondagi faoliyatimizning birinchi yilida biz 20 million dollarga yaqin sarmoya kiritib, o‘zbekistonliklar uchun 500 dan ortiq ish o‘rnini yaratdik, kompaniyamiz bundan keyin ham rivojlanish va o‘sishni rejalashtirmoqda», – deya qayd qildi Azamat Osmanov.

Foto: Magnum

Magnum’ning ochilish kunida Toshkentning turli nuqtalaridan gipermarketgacha bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu yerga tashrif buyurgan ilk xaridorlarni afsonaviy «Yalla» guruhi va Farrux Zokirov, «Ko‘k choy» guruhi, illyuzionist va animatorlar o‘zlarining chiqishlari bilan xursand qildilar. Qozog‘istonlik taniqli vayner Seka tadbirning maxsus mehmoni bo‘ldi, u Toshkentda yangi do‘konning ochilishi bilan barchani tabrikladi, so‘ngra muxlislar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Magnum gipermarketi haftasiga yetti kun davomida tashrif buyuruvchilar uchun ochiq.

Foto: Magnum

«O‘zbekiston aholisiga keng turdagi mahsulotlarni arzon narxlarda taqdim etish, do‘kondagi navigatsiyani butun oila bilan tashrif buyurish uchun qulay qilish biz uchun juda muhim. Biz mijozlarimizni gipermarketimizda yana ko‘rishdan umidvormiz va ularga xaridlarni amalga oshirish uchun qulay muhitni yaratib beramiz», – dedi Magnum kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Asqar Mnaydar ochilish marosimida.

Foto: Magnum

Do‘konning o‘z novvoyxonasi bo‘lib, u yerda mehmonlar har kuni yangi non mahsulotlarini xarid qilishlari mumkin, hammaning ko‘nglidan joy olgan obinonlar esa tandirlarda yopiladi.

 Bundan tashqari, gipermarketda qahvaxona ham faoliyat yuritib, u yerda xaridlardan keyin vaqtingizni maroqli o‘tkazishingiz, tamaddi qilib olishingiz yoki taomni o‘zingiz bilan olib ketishingiz mumkin.

Foto: Magnum

Magnum o‘z mehmonlarini xursand qilishda davom etmoqda! Har hafta ular uchun mobil telefonlar va sovg‘alar o‘ynaladi. 15 yanvar kuni biz Hyundai Elantra avtomashinasini qo‘lga kiritgan baxtli insonni, 12 fevral kuni esa Golden House’dan xonadon egasining nomini bilib olamiz.

Aksiyalar haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin: https://t.me/magnum_uzbekistan

 Manzil: Integro savdo markazi, Bunyodkor shohko‘chasi, 52 (B blok).

 Mo‘ljal: «Chilonzor» metrosi

Telegram: t.me/magnum_uzbekistan

Instagram: www.instagram.com/magnum.uzb/

Feysbuk:m.facebook.com/magnum.uz

  Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: