Yangi yilda korporativ tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi

Jamiyat 15:03 / 13.12.2021 9848

Respublika maxsus komissiyasining 30 noyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi “omikron” shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator yangi tartiblar belgilandi.

Unga ko‘ra, aholi salomatligini ta'minlash hamda mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash hamda davlat budjeti mablag‘laridan oqilona foydalanish maqsadida fuqarolarga Yangi yil bayram tadbirlarini korporativ bayram va tadbirlar sifatida tashkil etish taqiqlandi.

“Vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ushbu cheklovga qat'iy rioya etilishiga javobgar. Mazkur cheklov buzilishiga yo‘l qo‘yilganda ularga nisbatan tegishli tartibda javobgarlik choralari qo‘llaniladi”, deyiladi qarorda.

Maxsus komissiya qaroridan kelib chiqqan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi salomatligini ta'minlash va mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadida fuqarolarga bayramni oila davrasida o‘tkazishni tavsiya qilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: