SSV: O‘zbekistonda vaksina olishi ko‘zda tutilgan aholining 55 foizi to‘liq emlandi

Jamiyat 19:53 / 13.12.2021 4379

11 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda emlanishi ko‘zda tutilgan aholining 55 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi.

SSV xabariga ko‘ra, umumiy hisobda to‘liq emlash kurslarini olgan fuqarolar soni 11 797 635 nafarni tashkil qilmoqda.

Shundan:

  • 793 431 nafari 65 yoshdan oshganlar,
  • 421 017 nafari tibbiyot xodimlari,
  • 420 552 nafari maktab o‘qituvchilari,
  • 164 466 nafari maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari,
  • 782 182 nafari surunkali kasalligi bor fuqarolardir. Qolgan vaksinalar aholining boshqa qatlamlarini emlash uchun qo‘llanilgan.

Bundan avval O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining 301 860 dozalik partiyasi olib kelingani, O‘zbekistonda foydalanishga topshirilgan jami vaksinalar soni 50 mln dozaga yaqinlashgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, mamlakatda aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. Iyun oxiridan boshlab Toshkentda 18 yoshdan oshganlarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlangan, 28 sentyabrdan 12 yoshdan katta bolalarni ham koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashga ruxsat berilgandi.

22 noyabrdan esa kovidga qarshi to‘liq bosqichlarda emlangan fuqarolarning buster doza (to‘liq emlangan fuqarolarning kasallikka qarshi immunitetini mustahkamlash maqsadida qaytadan oladigan vaksina dozasi) bilan ixtiyoriy emlanishiga start berildi.

Ko‘proq yangiliklar: