Koronavirusdan o‘lim miqdori rekord darajada pasaydi 

Jahon 23:25 / 15.10.2022 7180

2020-2021 yillar davomida kuz mavsumi kelishi bilan an’anaviy tarzda COVID-19 kasalligining keskin ko‘payishi kuzatilgan edi. Bir necha oy oldin epidemiologlar va rasmiylar shunga o‘xshash ssenariy 2022 yil kuzida ham takrorlanishidan qo‘rqishgandi. Ammo sentabr oyi boshida prognozlar optimistik bo‘ldi

JSST xabariga ko‘ra, sentabr oyida koronavirusdan o‘lim miqdori pandemiya tarixida rekord darajada pasaygan. 

Buning bir qancha sabablari bor, lekin asosiysi shundaki, hozirda eng keng tarqalgan shtamm - omikron - virusning birinchi variatsiyalariga qaraganda ancha zaiflashdi. 

«Endi bu boshqacha virus. Aholining hozirgi immuniteti hisobga olinsa, COVID-19 kasalligining og‘ir kechish ehtimoli past», dedi Buyuk Britaniyadagi Reding universiteti virusologiya professori Yyen Jons. 

So‘nggi oylarda ko‘plab mamlakatlarda kasallikdan keyin paydo bo‘ladigan tabiiy immunitet kuchaygan. Biroq, bu unchalik kuchli emas va qayta kasallanishni istisno qilmaydi, deb ogohlantirishmoqda virusologlar. Shu tufayli emlanishni unutmaslik kerak. 

Samaradorlikni oshirish uchun mavjud vaksinalar omikronga moslashtirilmoqda: yangilangan Pfizer va Moderna allaqachon muomalaga kiritilgan, rossiyalik ishlab chiquvchilar «Sputnik V» vaksinasining yangi versiyasini tayyorlamoqda. 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri dunyo bo‘ylab 6,4 milliondan ortiq odam koronavirusdan vafot etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: