Yevrokomissiya respirator viruslar tarqalishiga qarshi vaksinani ma’qulladi

Jahon 21:16 / 24.08.2024 1705

Yevrokomissiya 60 yoshdan oshgan kattalarni respirator-sinsitial virus (RSV) infeksiyasidan kelib chiqadigan pastki nafas yo‘llari kasalliklariga qarshi immunizatsiya qilish uchun «mResvia» vaksinasini ma’qulladi.

RSV — keng tarqalgan respirator virus bo‘lib, odatda yengil belgilarda namoyon bo‘ladi, ammo aholining zaif qatlami, jumladan, keksalar uchun jiddiy oqibatlarni yuzaga keltirishi mumkin.

«Vaksinatsiya insonlar hayotini saqlab qoladi. Kuchli Yevropa sog‘liqni saqlash ittifoqida biz har bir fuqaroninn jiddiy kasalliklardan zaruriy himoyalanishini ta’minlash niyatidamiz. RSVga qarshi birinchi mRNK-vaksinaning ma’qullanishini gap fuqarolarimiz sog‘lig‘i himoyasi haqida ketayotganida innovatsiyaning naqadar muhimligini yaqqol namoyon etdi», — deydi YeIning sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha komissari Stella Kiriakides.

«mResvia» vaksinasiga ruxsat kuz-qish mavsumi oldidan, RSV kabi respirator infeksiyalar tarqaladigan paytda berildi. Uning berilishiga Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) tomonidan iyun oyida taqdim etilgan ijobiy xulosa sabab bo‘lgan. Endi har bir a’zo davlatning milliy organlari o‘zlarining emlash rejalariga muvofiq vaksinadan foydalanish yoki foydalanmasliklarini hal qilishlari kerak.

«mResvia» Moderna kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, Yevropa Ittifoqida COVID-19 dan boshqa kasallikni davolash uchun ruxsat berilgan birinchi mRNK vaksina hisoblanadi. RSVga qarshi boshqa vaksinalar komissiya tomonidan 2023 yilda zaif qatlamlar, jumladan, bolalar himoyasi uchun ruxsat berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: