Farg‘onada 23 ming xonadonning 1 oylik iste'moliga teng elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan

Jamiyat 19:20 / 13.12.2021 5967

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tadbirlar chog‘ida salkam 7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, viloyatdagi “ayrim iste'molchilar tomonidan elektr energiyasiga noqonuniy ulanib olish va foydalanish holatlari uchrab turibdi”.

“Raqamlarga murojaat qilinsa, joriy yil boshidan viloyat bo‘yicha aholi iste'molchilari tomonidan 1268ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan bo‘lib, ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan umumiy 921,3 mln so‘m qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, ulgurji iste'molchilar tomonidan 772 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, umumiy hisobda 5 mlrd 850 mln so‘mga qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan”, - deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida joylarda aniqlangan qoidabuzarlik holatlari yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, vaqtincha elektr tarmog‘idan ajratilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: