Denov shahridan o‘tadigan ariqqa tashkilotlar va fuqarolar oqova suvlarini oqizayogani aniqlandi

Jamiyat 18:24 / 13.12.2021 945

Denov shahridan oqib o‘tayotgan ariqqa to‘rtta tashkilot va 81 nafar fuqaro oqova suvlarini oqizayogani aniqlangan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Denov shahri hududidan oqib o‘tuvchi Denov arig‘ining ekologik holatini o‘rganish uchun viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 29 nafar hodimi “Toza hudud” DUKning 89 nafar xodimi hamda 12 ta maxsus texnika safarbar etilgan.

O‘rganish davomida 4 ta yuridik tashkilot va 81 nafar jismoniy shaxs oqova suvlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ariqqa oqizayotgani aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan. Ularga 2 kunlik muddat ichida ushbu holatlarni bartaraf etish to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berilgan.

Ogohlantirishning bajarilishiga amal qilmagan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan MJTKning tegishli bandlariga asosan jarimaga tortilishi haqida tushuntirib o‘tilgan.

Shuningdek Denov arig‘i ichida hosil bo‘lgan 168 metr kub maishiy chiqindi 12 ta maxsus transport yordamida tozalangan.

Ko‘proq yangiliklar: