Samarqand viloyati Urgut tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 28 noyabr kuni soat 6:30larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-50 Toyloq-Urgut avtomobil yo‘lining Urgut tumani A'loxotin mahallasi hududidan o‘tgan 21-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Nexia-3 haydovchisi tez harakatlanib borayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, Urgut tuman IIB YHXB tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.