Ikki o‘g‘li xastalangan yolg‘iz ona xorijda mushkul vaziyatda qoldi

Jamiyat 14:02 / 10.12.2021 10188

34 yoshida inson o‘z umrining eng samarali va mazmunga to‘la damlarini boshdan kechiradi. Farg‘onalik Bobomurod Oxunjonov ayni shu yoshida davolanish uchun xorijda, og‘ir ahvolda qolayotgani haqida uning yaqinlari xabar berishdi.

Yigitning shu vaqtga qadar o‘tgan hayoti ham mashaqqatlar bilan to‘la bo‘lgan. 7 oylik chaqaloqligidayoq otasi vafot etib, 3 farzand yolg‘iz onaning qo‘lida qolishgan.

2014 yilda Bobomurodga jigar sirrozi tashxisi qo‘yilgan. Bu kasallik uning hayotiga cheksiz talafot yetkazdi: salomatligidan, oilasidan ayirdi. 7 yil bu dard bilan kurashib yashagan bemorga jigar ko‘chirish foyda berishini aytishgach, yashab turgan uylarining yarmini sotib, Hindistonga jo‘nab ketishgan. Hozir bemor, unga donorlik qilayotgan opasi va onasi xorijda bo‘lib turishibdi. Ularning operatsiyadan keyingi tiklanishlari va vatanga qaytishlari uchun mablag‘ yo‘qligi tashvishlantiradi.

“Uyimizning yarmini sotib davolatishga harakat qildik. O‘g‘limning ahvoli tobora og‘irlashavergach, jigar ko‘chirish operatsiyasini qildirishga majbur bo‘ldik. Hozir o‘g‘lim bir nechta bosqichli operatsiyalarni boshdan o‘tkazdi. Jigardan tashqari oshqozonida ham muammolar chiqib, operatsiya og‘irroq o‘tdi. Hozir Hindistondagi klinikadamiz, mablag‘imiz tugab qoldi. Bolamning ahvoli ancha og‘ir, shu yerdan eson-omon tuzalib chiqib ketish nasib qilsin”, deydi bemorning onasi Xosiyat Qurbonova.

Bobomurod oiladagi yagona bemor emas, akasi ham ruhiy xastalikka chalingani bois oilada onadan boshqa boquvchi yo‘q. O‘zidan orttirib boshqalarga yaxshilik ilinuvchi insonlar madadi bilan bu oilaning mushkuli oson bo‘lib, bir farzand onasiga tirgak bo‘lsa, ajab emas.

Bobomurod Oxunjonovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0417 6513 3807 Bobomurod Oxunjonov nomida

Humo: 9860 0303 6125 8830 opasi Yulduzxon Rustamova nomida

Sberbank: 4279 3806 2483 4745 pochchasi Abduxalil Rustamov nomida 

Ko‘proq yangiliklar: