Qashqadaryoda qotillik va bosqinchilik jinoyatlarini sodir etib qochib yurgan shaxs Rossiyada ushlandi

Jamiyat 18:27 / 07.12.2021 1716

Qashqadaryo viloyatida qotillik, bosqinchilik jinoyatlarini sodir etib qochib yurgan shaxs Rossiyada ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Kasbi tumani “Mug‘lon” MFYda ro‘yxatda turuvchi H. H. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j”, “i”, “o”, “p” bandlari va 164- moddasi 3-qismi “v” bandida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun unga nisbatan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan qidiruv e'lon qilingan.

IIV JQBB va viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan hamkorlik natijasida H.H. Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyati Bugruslan shahridan ushlangan.

Qayd etilishicha, jinoyat sodir etgan shaxs endi qonun oldida javob bermoqda.

Ko‘proq yangiliklar: