Jizzaxda yo‘l bo‘yidagi 75 tup daraxtning atrofi betonlab tashlandi
Mirzacho‘l tumani Gagarin shaharchasidagi Xalqlar do‘stligi ko‘chasining ikki tomoniga ekilgan daraxtlar atrofi trotuar qurish ishlari davomida betonlab tashlandi.


Holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ekologiya qo‘mitasidan ma'lum qilishlaricha, jami 75 tup daraxtning atrofi betonlab qo‘yilgan.
Jizzax viloyati ekologiya boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, trotuar qurilishini “Fayz-Baraka" MChJ olib borgan.
Daraxtlardan 38 tupi archa, 7 tupi yasen, 1 tupi tut, 1 tupi akatsiya, 1 tupi gilos, 4 tupi qayrag‘och, 7 tupi eldor qarag‘ayi, 12 tupi aylant daraxtlaridir. Ekomutasaddilar aralashuvi bilan betonlar buzib olingan va daraxtlar tagi yumshatilib, parvarish qilingan.



“MChJning ushbu ishga yo‘l qo‘ygan xodimlariga nisbatan rasmiy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Oktyabr oyida Kun.uz Chilonzor tumani Lutfiy ko‘chasidagi 55 tup daraxtning tagi landshaft yaratish vaji bilan polietilen plyonka bilan o‘rab tashlangani haqida xabar bergandi. Obodonlashtirish mutasaddilarining bu harakati natijasida daraxtlarning ayrimlari quriy boshlagan, ayrimlarining ildiz qismida chirish belgilari paydo bo‘lgandi. Ko‘p o‘tmay bu daraxtlar Ekoqo‘m aralashuvi bilan parvarishga olindi.
Mavzuga oid

17:43 / 27.02.2025
Jizzax viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

21:37 / 20.02.2025
“Cho‘llashtirish avjida” - Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt ko‘chirilayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

18:32 / 30.01.2025
Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi

15:06 / 28.12.2024