Olimlar ulkan meduzani videoga muhrlashdi
Amerikalik olimlar guruhi okeanda bir kilometrdan chuqurroqda yashovchi ulkan meduzani tasvirga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu meduzalar turi juda kam uchragani sababli “arvoh meduzalar” deb ham ataladi.
Kaliforniyadagi Monterey-Bey akvariumi tadqiqot instituti olimlari Stygiomedusa gigantea deb nomlanuvchi turga mansub meduzani tasvirga olish uchun ROV Doc Rickets suvosti qurilmasini 900 metr chuqurlikka tushirishgan.
Olimlarning ta'kidlashicha, meduzaning o‘lchamlari haqiqatan ham hayratlanarli darajada katta: uning boshi diametri ko‘ndalang kesimda bir metrdan ko‘proqni tashkil qiladi, 4 ta paypaslagichidan har birining uzunligi esa 10 metrdan oshadi.
Olimlar minglab sho‘ng‘ishlarga qaramay, dunyo okeanining turli qismlarida yashovchi ushbu turni juda kam uchratishgan: “arvoh meduza” ilk bor 1899 yilda qayd qilingan va olimlar o‘shandan beri uni 100 martagina ko‘rishga muvaffaq bo‘lishgan.
Shu sababli bunday kamyob suvosti “maxluqi”ni tirik holida tasvirga olish katta omad hisoblanadi, chunki odatda biologlar to‘rlarga tutilgan o‘lik jonzotlar bilan ish ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid

14:18 / 01.03.2025
Olimlar Marsda qumli sohillarga ega bo‘lgan okean izlarini topdi

12:25 / 29.01.2025
Okeanlar yuzasi 40 yil oldingiga qaraganda to‘rt baravar tezroq isimoqda

22:00 / 13.12.2024
NASA yangi sun’iy yo‘ldoshi okean tubining eng batafsil xaritasini yaratdi

16:49 / 16.11.2024