Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida fuqarolarga kredit hisobidan qurib berilgan issiqxonalar qulab tushgani aytilgan xabar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Nishon tumanida yashovchi K.Bekmurodov Talimarjon shahri Obod mahallasida kredit hisobidan qurilgan issiqxonalarda sifatsiz konstruksiyalar ishlatilgani uchun ular qulab tushgani, ta'minotchi korxona muammoni bartaraf etmagani yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda murojaat bilan chiqqan.
Tuman hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, K.Bekmurodov murojaatida aytilgan fikrlar asosli.
Hozirda holat Nishon tumani hokimligi va tuman Xalq qabulxonasi tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.