Jahon | 23:29 / 16.01.2025
12856
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda 10 yildan beri davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

O‘tgan yillar davomida u Qozog‘istonda oila qurgan, biroq hech qayerda rasmiy ishlamagan. Hozirda uni ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Foto: Kazinform

Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyati politsiya departamenti Stepnogorsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati IIB tomonidan davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

«Tezkor xodimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxs 2014 yildan beri Qozog‘iston hududida yashirinib kelgan, shu bilan birga, hech qayerda rasman ishlamagan», — deyiladi idora xabarida.

Ushbu shaxs Stepnogorskda oila qurgan va o‘tgan yillar davomida turli ishlar bilan shug‘ullanib kelgan. Hozircha politsiya zarur barcha tergov tadbirlarini o‘tkazmoqda, qo‘lga olingan fuqaro vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

«Ushbu shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, chunki u qo‘shni mamlakat fuqarosi hisoblanadi», — deya qo‘shimcha qiladi idora.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabrda Rossiya Qozog‘istonda 7 million dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qilgandi. Gumonlanuvchi 2005-2007 yillarda Olmaota qurilish kompaniyasida buxgalter bo‘lib ishlagan va hujjatlar bilan qayd etilmagan qalbaki kvitansiyalarni yozgan. Sherigi qo‘lga olinganidan keyin u mamlakatdan qochib ketgan.

Mavzuga oid