2021 yil 25 noyabr kuni ““Fitch Ratings-Moskva” reyting agentligi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga o‘zining xorijiy va milliy valutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini (YeDR) “Barqaror” prognozi bilan “B” darajasida hamda Barqarorlik reytingi (VR) “b” darajasida ekanini qayta tasdiqladi.
Bank reytinglari bo‘limida ma'lumotlar quyidagicha:
2021 yilning 25 noyabr kuni “Fitch Ratings-Moskva” reyting agentligi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga o‘zining xorijiy va milliy valutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini (YeDR) “Barqaror” prognozi bilan “B” darajasida hamda Barqarorlik reytingini (VR) “B” darajasida qayta tasdiqladi.
Emitent defolt reytinglarining “YeDR” uzoq muddatli reytinglari “Trastbank” XABning kredit layoqatliligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu bankning yuqori foydaliligi va yuqori darajada kapitallashuv, sezilarli darajadagi likvidli aktivlar va ularning daromadi hamda a'lo darajadagi rentabellik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan “B” darajasi VR reytingida aks ettirilgan.
“Trastbank” XAB rentabelligi ijobiy reyting omili bo‘lib, o‘zaro aloqador shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. “Fitch Ratings-Moskva” reyting agentligining prognozlariga ko‘ra, bankning kichik va o‘rta biznesni yuqori daromadli kreditlashga qaratayotgani, yaxshi operatsion samaradorlik, yuqori operatsion foyda reytingning yanada oshishiga xizmat qilmoqda.
“Trastbank” XAB kapital yetarlilik darajasiga yuqori xalqaro reyting bahosi berilishiga yuqori daromadlilik ko‘rsatkichlari va sezilarli likvid aktivlari bilan bog‘liq. “Fitch Ratings-Moskva” reyting agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, bankning kapital va likvidlikka bo‘lgan regulyativ me'yor ko‘rsatkichlari, „Trastbank“ning kapitaliga bo‘lgan bosimni, bankning yuqori foydaliligi xarajatlarini qoplash imkonini beradi.
Sayt: trastbank.uz
"Trastbank" XAB Axborot xizmati