“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari”: Yangibozor tuman elektr ta'minoti korxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Jamiyat 17:00 / 27.11.2021 9323

“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi mas'ullari, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy korxonalari matbuot kotiblari, tuman mutasaddi korxona va tashkilotlar vakillari, ishchi-xodimlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish, bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari Xorazm viloyatida ham yangilanishlar, o‘zgarishlarga asos yaratib bermoqda. Hududda ko‘plab yirik ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Tuman elektr ta'minoti korxonasining yangi binosi foydalanishga topshirilishi ham tizimda keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganidan dalolat bermoqda. Yangi majmuada yaratilgan sharoit, mavjud texnik va texnologik uskunalar imkoniyati, qolaversa muhandis-texnik va ishchi-xodimlar, korxona mutaxassislarini o‘qitish, operativ-dispetcher xizmati tomonidan amalga oshiriladigan energiya ta'minotining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, ma'naviyat va ma'rifat kabi xonalar ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, iste'molchilar uchun ularni qabul qilish xonasi, kassa xizmatlari va boshqa xizmat turlar mavjud.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Bunday o‘zgarishlar va yangilanishlarning asosiy maqsadi, albatta, elektr energiyasi iste'molchilariga qulaylik yaratish bilan bir qatorda, ishchi-xodimlarga munosib mehnat sharoitlari yaratishdir.

Tadbir yakunida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ajratilgan 4 dona yangi maxsus traktor tuman elektr ta'minoti korxonalari rahbarlariga topshirildi. Endilikda, mutaxassislar tomonidan tayanch o‘rnatiladigan joy qo‘lda qazilmay, maxsus yuk ko‘tarish transportlari orqali o‘rnatiladi. Bu esa ish unumdorligini yanada oshishida katta ahmiyatga ega.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Ma'lumot uchun: Bugungi kunda Yangibozor tumani hududida joylashgan jami 30ta mahalla, 17 389 maishiy va 1225 ta ulgurji elektr energiyasi iste'molchilariga korxonaning 53 ta ishchi-xodimi xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ular tomonidan tumandagi 3 ta nimstansiya, 13 ta fider, 887,6 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarida ekspluatatsiya ishlari olib boriladi.

Joriy yilning shu davriga qadar tumandagi 57,5 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 25 dona transformator punktlarini yangilash, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi. Bundan tashqari “Madaniyat” nimstansiyada quvvati 6300 kVA bo‘lgan transformator quvvati 10 000 kVA bo‘lgan yangi transformatorga almashtirildi.

“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: