Tojikistonning Xorug‘ shahrida fuqaro o‘limi sababli bir necha kundan buyon norozilik mitinglari o‘tkazilmoqda
Miting vaqtida o‘q uzilishi natijasida bir kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi yaralangan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Oblast prokuraturasi Gulbiddin Ziyobekovning o‘limini u qo‘lga olish chog‘ida o‘tochar qurol yordamida qarshilik ko‘rsatgani bilan izohladi.
Tojikistonning Tog‘li Badaxshon avtonom oblasti markazi Xorug‘ shahrida 25 noyabrdan buyon mitinglar davom etmoqda, deb xabar berdi “Aziya-Plyus”.
Mitingga Roshtqala rayoni fuqarosi, 29 yoshli Gulbiddin Ziyobekovning maxsus kuchlar tomonidan qo‘lga olinganidan so‘ng vafot etishi sabab bo‘lgan.
Ziyobekovning qishloqdoshlari u qo‘lga olingan vaqtida yaralangani, Xorug‘ga olib kelinganida vafot etganini ta'kidlashmoqda.
Payshanba kuni Gulbiddin Ziyobekovning qarindoshlari uning jasadini Xorug‘ ma'muriyati oldidagi maydonga olib kelishgan hamda uning qo‘lga olinishi va o‘limi sabablari aytilishini talab qilishgan.
Birozdan so‘ng maydonda o‘q uzilgan. Natijada Roshtqala tumanida yashagan 21 yoshli To‘tisho Amirshoyev halok bo‘lgan, bir necha kishi yaralangan.
Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi bir guruh yoshlar militsiya va milliy xavfsizlik xodimlariga hujum qilib, ularga jarohat yetkazganidan so‘ng o‘t ochilganini bildirdi.
Oblast prokuraturasi Gulbiddin Ziyobekovning o‘limini u qo‘lga olish chog‘ida o‘tochar qurol yordamida qarshilik ko‘rsatgani bilan izohladi. Prokuratura xabarida aytilishicha, Ziyobekov Tojikiston Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bo‘yicha ayblanib qidiruvda bo‘lgan.
Mavzuga oid

20:37 / 10.03.2025
Yevropa Ittifoqi Tojikistonga chegara xavfsizligini yaxshilashga yordamlashadi

17:38 / 03.03.2025
Tojikistondagi parlament saylovlarida prezident Imomali Rahmon partiyasi g‘alaba qozondi

13:26 / 25.02.2025
Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan 48 kilogrammdan ortiq narkotik musodara qilindi

19:42 / 21.02.2025