Shifoxonalarda O‘RVIga chalingan bolalar uchun qo‘shimcha 5 mingdan ortiq o‘rin-joy tashkil qilindi - SSV
Joriy yil oktabr oyidan boshlab mamlakatda bolalar o‘rtasida o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning davriy ko‘tarilishi kuzatilayotgani sababli tibbiyot muassasalariga murojaatlar va “Tez yordam” xizmatiga chaqiriqlar soni sezilarli darajada ortdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, so‘nggi kunlardagi o‘rganishlar natijasida Toshkent shahar shifoxonalarida qo‘shimcha 884 ta, mamlakat bo‘yicha 5 062 ta statsionar o‘rin-joy tashkil etilib, 25 noyabr holatiga ko‘ra poytaxt shifoxonalaridagi jami o‘rin-joylar 3 521 ta, respublika bo‘yicha esa qariyb 19 800 taga yetkazildi.
Ayni paytda Toshkent shahar tibbiyot muassasalarida bo‘sh o‘rinlar soni 661 ta, respublika bo‘yicha 4 700 tani tashkil qilmoqda.
Bolalar o‘rtasida o‘tkir respirator kasalliklarning davriy ko‘tarilishi kuzatilayotgani sababli Sog‘liqni saqlash vazirligida ishchi guruhi tuzilib, 13 noyabr tunda poytaxt shifoxonalaridagi vaziyat o‘rganilgan va Toshkent shahar tibbiyot muassasalarida bolalar uchun qo‘shimcha o‘rin-joylar tashkil etilgan edi.
Mavzuga oid

17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror

17:12 / 10.02.2025
Toshkentda bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatgan shifoxona aniqlandi

20:26 / 05.01.2025
Xitoyda metapnevmovirus grippdan keyingi ikkinchi eng ko‘p tarqalgan O‘RVIga aylandi

13:42 / 23.11.2024